
2025-yil 12-may kuni Samsung kompaniyasi tomonidan ultra yupqa 5,8 mm korpus va 6,7 dyuymli AMOLED displeyga ega Galaxy S25 Edge smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Macrumors nashri xabar bermoqda.

Modelning og‘irligi 163 grammni tashkil etadi, bu Galaxy S25 Ultra (218 gramm) va iPhone 16 Pro Max (227 gramm)dan yengilroq. Titan ramka va Corning Gorilla Glass Ceramic 2 ga ega qurilma 6,6 dyuymli ekran va 5,5 mm qalinlikdagi iPhone 17 Air bilan raqobatlasha oladi.

U Qualcom Snapdragon 8 Elite platformasida ishlaydi, takomillashtirilgan sovitish tizimiga ega va SI xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Galaxy S25 Edge uchun oldindan buyurtmalar endi Samsung veb-saytida ochiq bo‘lib, 256 GB versiyasining boshlang‘ich narxi $1,1 mingdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy telefonlari uchun signallar sonining yuqori chegarasini 50 tadan 100 tagacha belgilagani haqida yozgan edi.