Gadjetlar

Yuqori kamerali ultra yupqa Samsung Galaxy S25 Edge smartfoni taqdim etildi

Yuqori kamerali ultra yupqa Samsung Galaxy S25 Edge smartfoni taqdim etildi / Foto: Samsung

2025-yil 12-may kuni Samsung kompaniyasi tomonidan ultra yupqa 5,8 mm korpus va 6,7 ​​dyuymli AMOLED displeyga ega Galaxy S25 Edge smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Macrumors nashri xabar bermoqda.

Foto: Samsung

Modelning og‘irligi 163 grammni tashkil etadi, bu Galaxy S25 Ultra (218 gramm) va iPhone 16 Pro Max (227 gramm)dan yengilroq. Titan ramka va Corning Gorilla Glass Ceramic 2 ga ega qurilma 6,6 dyuymli ekran va 5,5 mm qalinlikdagi iPhone 17 Air bilan raqobatlasha oladi.

Foto: Samsung

U Qualcom Snapdragon 8 Elite platformasida ishlaydi, takomillashtirilgan sovitish tizimiga ega va SI xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy S25 Edge uchun oldindan buyurtmalar endi Samsung veb-saytida ochiq bo‘lib, 256 GB versiyasining boshlang‘ich narxi $1,1 mingdan boshlanadi.

Samsung's S25 Edge First Look: Samsung Beat Apple to It!

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy telefonlari uchun signallar sonining yuqori chegarasini 50 tadan 100 tagacha belgilagani haqida yozgan edi.