Xorazmda asteroid tushdimi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q
Foto: Videodan kadr

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida 12-may kuni sodir bo‘lgan tom qulashi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «hodisa joyiga asteroid tushgani» haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi rasman ma’lum qilindi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, soat 03:39 da Yuksalish mahallasi Obod Vatan ko‘chasidagi 4-uyning taxminan 10 kv.m tom qismi qulab tushgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr

Mazkur manzilda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasining maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Tekshiruvlar davomida hech qanday fazo jismlari yoki portlovchi moslamalarning qoldiqlari topilmagan.

Aksincha, uyning o‘zida ikkita propan gaz ballonlari borligi aniqlanib, hozirda hodisaning aynan shunga bog‘liqligi yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari va maxsus ekspertiza tayinlangan. Qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy xulosalarga asosan e’lon qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kosmos-482» kosmik apparati Hind okeaniga qulagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek