Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 14-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 980,16 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 44,89 so‘mga oshdi.
Dollar kursi bu haftani yuqorilash bilan boshladi: 13-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 935,27 so‘mni, 12-may kuni esa 12 895,55 so‘mni tashkil etgandi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 239,37 soʻmga oshib, 14 606,57 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,16 soʻmga yuqorilab, 161,63 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 14-may kuni bir AQSh dollarini 12 875 – 12 935 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 940 – 13 040 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.