Yangiliklar

O‘zbekiston energiya tizimi «yashil» generatsiyaga qanday moslashmoqda

Voltalia kompaniyasining mintaqaviy direktori Kerol Ponte ma’lum qildi
O‘zbekiston energiya tizimi «yashil» generatsiyaga qanday moslashmoqda / Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari sonining oshib borishi ularni umumiy energiya tizimiga ulashda muammolar yuzaga kelmoqda. Bu haqda «Uzbekistan Energy Week – UEW 2025» forumida Voltalia kompaniyasining mintaqaviy direktori Kerol Ponte ma’lum qildi.

«Siz qancha istasangiz, shuncha stansiya qurishingiz mumkin, ammo agar ularni ulash joyi bo‘lmasa – ular ishlamaydi», – deya tushuntirdi u.

Tarmoq infratuzilmasidagi muammolarni energetika vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminov ham tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, texnik muammolardan tashqari, tarmoqdagi ortiqcha yuklama sababli ishlab chiqarilgan energiyaning bir qismini o‘chirib qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda, bu esa investorlar uchun moliyaviy xatarlarni keltirib chiqaradi.

«Biz tarmoqlar va zaxiralarni generatsiya bilan bir qatorda rivojlantirishimiz kerak. Bu avtomatika, uzatish liniyalari va energiya akkumulyatorlari bilan uyg‘un holda olib borilishi zarur», – dedi u.

Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yashil vodorodning birinchi generatsiyasini may oyining oxirida ishga tushirilishi haqida xabar bergandi.