O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish masalasida 33 davlat bilan muzokaralar olib bordi

eʼlon qilindi
Ularning 24 tasi bilan kelishuvga erishildi
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish masalasida 33 davlat bilan muzokaralar olib bordi/ Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni va uni jadallashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

JSTga qo‘shilish masalasi davlat rahbarining shaxsiy nazorati ostida bo‘lib, 2023-yildan beri bu yo‘nalishda faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu davr mobaynida ishchi guruhining to‘rtta yig‘ilishi o‘tkazilib, yuzlab masalalar ko‘rib chiqildi, 30 dan ortiq rasmiy hujjatlar JST Kotibiyatiga taqdim etildi.

Hozirgi kunga qadar 33 davlat bilan muzokaralar olib borilib, 24 tasi bilan kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, milliy qonunchilik JST talablariga moslashtirilmoqda – bojxona, intellektual mulk, eksport-import tartiblari kabi sohalarda islohotlar amalga oshirildi.

Prezident Mirziyoyev mazkur jarayonni sifatli va tizimli tashkil qilish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, 2025-yil yakunigacha qolgan 9 davlat bilan muzokaralarni tamomlash, ishchi guruh yig‘inlarini o‘tkazish va qonunchilikdagi o‘zgarishlarni tezlashtirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Rossiya JSTga a’zo boʻlish masalasida muzokaralar oʻtkazgan edi.

Shuningdek