
AQShning Kentukki Konsullik markazi Green Card 2025 dasturi natijalarini e’lon qildi. Ushbu yilda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan mamlakat sifatida O‘zbekiston yetakchilik qildi – 5564 nafar o‘zbekistonlik yutib oldi. Bu boshqa davlatlarga nisbatan mutlaq rekord sanaladi.
G‘oliblar soni bo‘yicha O‘zbekiston ancha katta farq bilan Qirg‘iziston (3095 g‘olib), Tojikiston (2982) va Qozog‘iston (2004)ni ortda qoldirdi.
Bizga eng yaqin natijalarni ko‘rsatgan davlatlar qatorida Jazoir (5526), Sudan (5505), Eron (5267) va Rossiya (5519) bo‘ldi.

Eng kam g‘olib chiqqan davlatlar esa Venesuela, Bruney, Vatikan, Marshal orollari va Norfok orollari bo‘lib, bu davlatlardan hech kim «yashil karta» yutmagan.
Umumiy hisobda 2025-yilda 55 mingta Green Card beriladi. Shunday ekan, har o‘ninchi g‘olib o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh noqonuniy migrantlarga bepul aviachipta va $1000 taklif etgani haqida yozgan edik.