
Gizmochina resursi Samsungning One UI 7-ni olgan yoki olishi kutilayotgan va One UI 8-ni mutlaqo olmaydigan smartfonlar va planshetlar ro‘yxatini tuzdi. Bunday qurilmalar 13 ta bo‘lib, ularning 11 tasi smartfonlar va ikkitasi planshetlar.
Ro‘yxat quyidagicha ko‘rinadi:
Galaxy S seriyasi:
- Galaxy S21;
- Galaxy S21 Plus;
- Galaxy S21 Ultra.
Galaxy Z seriyasi:
- Galaxy Z Fold 3;
- Galaxy Z Flip 3.
Galaxy Tab seriyasi:
- Galaxy Tab S6 Lite (2022);
- Galaxy Tab Active 4 Pro.
Galaxy A seriyasi:
- Galaxy A14;
- Galaxy A14 5G.
Galaxy M seriyasi:
- Galaxy M33;
- Galaxy M14;
- Galaxy M14 5G.
Galaxy F seriyasi:
- Galaxy F14 5G.
Samsung allaqachon One UI 7 ni tarqatishni boshlagan, ammo hozirda yangi dasturiy ta’minot asosan faqat so‘nggi yillardagi flagmanlarga mavjud.
Ma’lumot uchun, hali One UI 8 ning rasmiy chiqarilish sanasi e’lon qilinmagan. Biroq, beta versiyasi bir nechta Galaxy qurilmalari uchun 2025-yilning ikkinchi yarmida chiqarilishi kutilmoqda. Sammobile manbalariga ko‘ra, beta dasturi shu oy oxirida boshlanishi mumkin. Ammo, Samsung boshqa brendlardan, masalan, Xiaomi, OnePlus, Oppo, Vivo va Realme’dan biroz kechikishi mumkin, chunki ular allaqachon Android 16 beta versiyalarini chiqargan.
One UI 8 ning barqaror versiyasi Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip 7 bilan birga 2025-yilning iyul yoki avgust oylarida taqdim etilishi mumkin. Google Android 16 ning barqaror versiyasini iyun oyida chiqarishni rejalashtirgan. Shuning uchun Samsung tez orada o‘z yangilanishini chiqarishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuqori kamerali ultra yupqa Samsung Galaxy S25 Edge smartfoni taqdim etilgan edi.