Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqi vakili bilan ayollar tadbirkorligini muhokama qildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Eduards Stiprayss bilan
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprayss bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim dasturlarini rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish va hududlararo hamkorlik asosiy mavzular qatoridan o‘rin oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva nufuzli «Insoniy birodarlik» mukofoti hakamlar hay’ati tarkibiga kirgani haqida yozgandi.

Shuningdek