Sara Nazarboyeva vafot etgani haqidagi xabarlar rad qilindi

Qozog‘istonning birinchi xonimi Sara Alpisovna Nazarboyeva 85 yoshida olamdan o‘tgani haqidagi xabar Nursulton Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay tomonidan rad qilindi. Bu haqda Kursiv Media xabar bermoqda.
Avvalroq Sara Nazarboyevaning ahvoli keskin yomonlashgani haqida xabar berilgan edi. U Olmaotadagi Prezident ma’muriyati qoshidagi Milliy gospitalda davolangan. So‘nggi kunlarda shifoxona atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Ammo uning qanday kasal bo‘lib qolgani va qanday tashxis qo‘yilgani noma’lum va shifokorlar ma’lumot berishdan bosh tortishgan.
Sara Alpisovna – 1941-yil 12-fevralda Qarag‘anda viloyatida tug‘ilgan. 1991-yildan hozirgacha mamlakatning yagona birinchi xonimi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning «Atirau» futbol klubi g‘alabalar uchun qurbonlik marosimini o‘tkazgani haqida xabar bergan edi.