SpaceX’ning Falcon 9 raketasining videosi tarqaldi – video
eʼlon qilindi
SpaceX xodimi Dima Zenyuk xabar berdi

Samolyot bortidan suratga olingan Falcon 9 raketasining uchirilish jarayoni tasvirlangan video ommaga taqdim etildi. Bu haqda SpaceX xodimi Dima Zenyuk X’da sahifasida xabar berdi.
Tasvirda tungi shahar manzarasi fonida osmonga ko‘tarilayotgan raketaning yorqin izi yaqqol ko‘rinadi.
Ma’lumot uchun, Falcon 9 Block 5 raketasi ilk marotaba 7 yil avval sinovdan o‘tgan bo‘lib, bugungi kunga qadar yuzlab muvaffaqiyatli uchishlarni amalga oshirgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kosmos-482» kosmik apparati Hind okeaniga qulagani haqida yozgandi.