Sutni qayta ishlovchi korxonalarni yaratishga $250 minggacha imtiyozli kreditlar beriladi

eʼlon qilindi
sut
Milliy sut mahsulotlari platformasi ishga tushadi
Sut
Sutni qayta ishlovchi korxonalarni yaratishga $250 minggacha imtiyozli kreditlar beriladi / Foto: pexels.com

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktlari tashkil etiladi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan mintaqalarda sutchilik sohasining barqaror va samarali faoliyatini ta’minlash, shu orqali qishloq aholisi daromadlarini oshirish amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 320 ta mahallani qamrab olgan holda, 12 mingga yaqin aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktlari ochiladi.

Shuningdek, 865 nafar dehqon va aholi xo‘jaliklariga sutni qayta ishlovchi korxonalarni yaratish va modernizatsiya qilish uchun har biriga $250 minggacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Shu bilan birga, milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minoti ishga tushirilib, sut yetishtiruvchi va xaridorlarni yagona tizimda birlashtiradi.

Loyiha 2025 – 2031-yillarni qamrab oluvchi 7 yillik davrda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olganlarga 50 million so‘mgacha subsidiya berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek