Gadjetlar

Tesla raqsga tushayotgan Optimus robotining videosini e’lon qildi

Robot kabelsiz raqsga tushgan
Tesla Optimus
Tesla raqsga tushayotgan Optimus robotining videosini e’lon qildi / Foto: Tesla

Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Optimus robotining yangi videotasvirini taqdim etdi. Unda robot avvalgidan ham erkinroq harakatlanayotgani va hattoki kabellarsiz raqs tushayotgani tasvirlangan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/05/tanczuyushhij_robot_kv2-1.mp4
Video: Ilon Maskning X’dagi sahifasidan olindi

Tesla kompaniyasida sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis Milan Kovachning ta’kidlashicha, ushbu video real vaqtda suratga olingan bo‘lib, unda hech qanday CGI (kompyuter grafikasi) ishlatilmagan.

U robotning yurish mexanizmi va harakatlarni boshqarish darajasi bo‘yicha katta yutuqlarga erishilganini bildirdi.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, jamoa robotning apparat ta’minoti va energiya sarfi bo‘yicha optimallashtirish ishlarini olib borgan. Natijada Optimus yanada samaraliroq ishlashga muvaffaq bo‘lgan.

«Biz o‘z jihozlarimiz haqida ko‘proq narsani angladik va energiya profillarini yaxshiladik. Umid qilamanki, barchaga ayon bo‘lyapti: Tesla – bu faqat hayratlanarli avtomobil ishlab chiqaruvchisi emas, bundan ham ko‘proqdir», dedi Kovach.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2050-yilda dunyo bo‘ylab qariyb 1 milliard insonsimon robot faoliyat yuritishi haqida yozgandi.