Tojikistonda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

eʼlon qilindi
Mamlakat prezidenti shu mazmundagi qonunni imzoladi
Tojikistonda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi / Foto: Pursuit

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosish yoki «share» qilish orqali terrorizmga aloqador materiallarni targ‘ib etishda ayblanib, jazoga tortish amaliyoti bekor qilindi. Prezident Imomali Rahmon shu mazmundagi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2018-yildan beri amal qilib kelgan Jinoyat kodeksi bandiga muvofiq, bunday harakatlar 10 – 15-yilgacha ozodlikdan mahrum etishga sabab bo‘lishi mumkin edi.

Norasmiy manbalarga ko‘ra, hozirda 1,5 mingdan ortiq fuqarolar aynan shu modda asosida jazoni o‘tamoqda. Yangi qonun bu borada muhim o‘zgarishlarga yo‘l ochishi va so‘z erkinligi masalasida muhim burilish bo‘lishi mumkin, deyilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda 30 dan ortiq kishilarni ommaviy zaharlashga uringanlar qamoqqa olingan edi.

Shuningdek