Toshkent viloyatida arxeologik yodgorliklarga 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

eʼlon qilindi
Toshkent viloyatida arxeologik yodgorliklarga 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi / Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazdi. Tadbirlar orqali 13 ta arxeologik yodgorlikka zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qilmoqda.

Ayniqsa, tarixiy ahamiyatga ega bir necha obidalar qazish, tekislash yoki boshqa qurilish ishlari natijasida zarar ko‘rgan. Masalan, terak ekish uchun arxeologik qo‘riqlanuvchi hududlarda yer eshilib, ayrim joylarda yo‘l ochish maqsadida yodgorliklar tekislangan. Shuningdek, texnik vositalar orqali tarixiy tepaliklar buzilgan holatlar qayd etildi.

Nazorat tadbirlari natijasida umumiy hisobda 13 ta arxeologik yodgorlikka 342 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Bu holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bu kabi holatlarning oldini olish va madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beruvchi «yagona turistik karta» joriy qilinishi haqida yozgan edi. 

Shuningdek