Toshkentdagi sanoat zonasida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
O‘t o‘chirish xizmati vaziyatni nazoratga olgan
Toshkentda yong'in
Toshkentdagi sanoat zonasida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: FVV

Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan sanoat zonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Hodisa haqida shahar o‘t o‘chirish bo‘limiga soat 11:03 da xabar qilingan, maxsus guruhlar yong‘in joyiga ikki daqiqadan so‘ng yetib kelgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

«Xabarga asosan soat 11:05 ga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib ayni paytda yong‘inni bartaraf etishmoqda. Vaziyat FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi «Yakkasaroy» kichik sanoat zonasida joylashgan sintetik plomba ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek