
Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan sanoat zonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Hodisa haqida shahar o‘t o‘chirish bo‘limiga soat 11:03 da xabar qilingan, maxsus guruhlar yong‘in joyiga ikki daqiqadan so‘ng yetib kelgan.
«Xabarga asosan soat 11:05 ga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib ayni paytda yong‘inni bartaraf etishmoqda. Vaziyat FVV tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi «Yakkasaroy» kichik sanoat zonasida joylashgan sintetik plomba ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.