Yaponiyada IT Park Uzbekistan vakolatxonasi ochildi

eʼlon qilindi
Tokioning Akixabara hududida
Foto: IT Park Uzbekistan

13-may kuni Tokioning Akixabara hududida IT Park Uzbekistan’ning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi ofis IT-autsorsing, raqamli ta’lim va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ochilishda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Digital Knowledge kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Xiroaki Xaga qatnashdi.

Foto: IT Park Uzbekistan

Tashrif davomida IT Park va Digital Knowledge o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, yapon kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga jalb qilinadi, qo‘shma ta’lim loyihalari amalga oshiriladi.

Vakolatxona ochilishiga bag‘ishlangan tadbir doirasida Trusted Corporation, Agekke, «JETRO» va Toppan Digital kabi yirik kompaniyalar ishtirokida panel sessiya bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonida IT Park Uzbekistan vakolatxonasi ochilgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek