AQSH va Eron yadroviy kelishuvga yaqin turibdi – Tramp

eʼlon qilindi
Tehron shartlarga «ma’lum darajada» rozilik bergan
AQSH va Eron yadroviy kelishuvga yaqin turibdi — Tramp/ Foto: Fox News

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy kelishuvga erishish arafasida ekanliklarini e’lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, rasmiy Tehron shartlarga «ma’lum darajada» rozi bo‘lgan. Muzokaralar tinchlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, Tramp harbiy yo‘lni tanlashni istamasligini aytdi.

Biroq Eron rasmiylari hali bir qator tafovutlar mavjudligini bildirdi. Xususan, uran boyitish darajasi, zaxiralarni kamaytirish tartibi va sanksiyalarning bekor qilinishi bo‘yicha kelishmovchiliklar bor.

Tehron yadroviy qurol yaratmaslik, uranni faqat fuqaroviy maqsadda boyitish va xalqaro nazoratga rozilik bildirishga tayyor. Ammo ular AQSHdan asosiy sanksiyalarni olib tashlashni kutmoqda.

Bu orada neft narxlari mazkur yangiliklar fonida pasaygan. Muzokaralar davom etmoqda va ularning natijasi mintaqa barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar qirollik oilasi Trampga Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a qilmoqchi ekani haqida yozgan edik.

Shuningdek