
Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi. Bu haqda prezident ta’lim tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytdi.
«Ta’limda sifat bo‘lishi uchun, eng avvalo, pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak», – dedi Mirziyoyev.
Jumladan, Nizomiy oliygohi tayanch oliygoh sifatida, uning rektori esa bir vaqtning o‘zida kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘lib faoliyatini davom ettiradi. Viloyatlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga o‘tadi.
Shuningdek, prezident Termiz pedagogika instituti misolida respublikadagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishini ta’kidladi.
Bu yil Termiz pedagogika institutining xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga jo‘natiladi.
Keyingi uch yilda esa institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib kelishi topshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan respublikada 60 ming o‘qituvchi 8 – 12 mln oylik olishi haqida yozgandi.