Buyuk Britaniya va Germaniya yangi uzoq masofali qurol ishlab chiqaradi

eʼlon qilindi
O‘tgan yili imzolangan ikki tomonlama mudofaa bitimiga asoslanib
Buyuk Britaniya va Germaniya yangi uzoq masofali qurol ishlab chiqadi / Foto: Business standart

Buyuk Britaniya va Germaniya 2 ming kilometrdan ortiq masofani nishonga oladigan yangi «chuqur aniqlikdagi zarba» qurolini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Loyiha o‘tgan yili imzolangan ikki tomonlama mudofaa bitimiga asoslanadi. Ukraina urushi fonida Yevropa o‘z xavfsizligini mustaqil himoya qilish zarurligini yana bir bor anglamoqda.

Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili va Germaniya vaziri Boris Pistorius Berlinda ushbu tashabbusni rasman e’lon qiladi. Ular torpedalar va harbiy ko‘priklar bo‘yicha ham hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Loyiha tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan bo‘lsa-da, ikki davlat mudofaani iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlari yaratuvchi soha sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Trampning qurol eksporti bo‘yicha qarorini tanqid qilgan edi.

Shuningdek