Dollar kursi pasaydi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 15-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 965,34 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 14,82 so‘mga tushdi.
Dollar kursi bu haftani yuqorilash bilan boshladi: 14-may kuni dollar kursi 12 980,16 so‘mni, 13-may kuni 12 935,27 so‘mni, 12-may kuni esa 12 895,55 so‘mni tashkil etgandi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 81,50 soʻmga tushib, 14 525,07 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,29 soʻmga yuqorilab, 161,34 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 15-may kuni bir AQSh dollarini 12 905 – 12 970 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 985 – 13 045 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.