«Garvardchilar maktabi» ochiladi

Davlat rahbari tomonidan «Prezident iqtidorli farzandlari» milliy dasturini boshlash va «Garvardchilar maktabi»ni ochish bo‘yicha farmonni imzolandi. Bu haqda yig‘ilishda ma’lum qildi.
Ushbu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinadi va ular dunyoning Top – 10 oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.
Shuningdek, «Barkamol avlod» maktablari, «Yoshlik» sport jamiyati va o‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi.
Maktab o‘quvchilari uchun ichki turizm yo‘nalishida ham yangi tizim joriy etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Buxoro va Toshkent shahridagi «Barkamol avlod» markazlarida kamida 100 o‘rinli «Bolalar sayyohlik bazasi» barpo etiladi.
Mutasaddilarga har yili bir million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish bo‘yicha qiziqarli turizm to‘plamlarini ishlab chiqish topshirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan barcha viloyatlarda Avloniy malaka oshirish instituti filiallari ishga tushishi haqida yozgandi.