
Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida noodatiy – konditsionerli Damas tasvirlari tarqaldi. Kursiv Uzbekistan yaratuvchi usta va YHXB mutasaddilari bilan suhbatlashdi.
Damas’ga konditsioner o‘rnatgan namanganlik usta bu qiziqishdan yaratilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, avtomobilning orqa tarafidagi moshina raqamiga zarar yetkazmaydi: bemalol moshina raqamini o‘rnatish mumkin.
Ustaga ko‘ra, konditsioner UPS qurilmasi yordamida ishlaydi.
Kursiv Uzbekistan nashri avtomobilga bu kabi o‘zgartirish kiritish qanchalik to‘g‘riligi bo‘yicha YHXB matbuot kotibiga yuzlandi.
Zoyir Yo‘ldoshev avtomobilni qayta jihozlash uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 3-qismi bilan jazo qo‘llanishini ta’kidladi. Shuningdek, voqea o‘rganilayotgani, qisqa fursatda batafsil ma’lumot taqdim qilishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Avtomobilga quyoshdan himoya qiluvchi plyonkani ruxsatnomasiz o‘rnatish tartibi haqida yozgan edi.