Mercedes-AMG GT 50 faqat Xitoy uchun taqdim etildi

15-may 2025 17:55 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Mercedes-AMG GT 50
Mercedes-AMG GT 50 faqat Xitoy uchun taqdim etildi / Foto: Mercedes

Mercedes-AMG kompaniyasi Xitoy bozoriga mo‘ljallangan, eksklyuziv GT 50 China Special Edition sportkarini rasman taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri malum qildi.

To‘rt eshikli va $145 ming turuvchi ushbu model global miqyosda faqat Xitoyda ishlab chiqariladi. Yangi AMG GT 50 besh standart va oltita premium MANUFAKTUR rang variantlarida taklif etiladi. Arctic White, Obsidian Black, Graphite Grey, Space Silver va Sea Night Blue kabi metall ranglar asosiy variantlar bo‘lsa, premium palitrada noyob qoplamalar $2600dan boshlanadi.

Modelning old qismi katta radiator panjarasi va yangilangan havo yutkichlari bilan farqlanadi. 21 dyuymli klassik AMG disklari bilan birga ikkita boshqa dizayndagi disk varianti ham mavjud. Orqa qismda esa chiqariladigan spoyler va to‘rtta chiqarish quvuri sport xarakterini kuchaytiradi.

Foto: ITHome

Salon zamonaviy texnologiyalar bilan to‘ldirilgan: Nappa charmli rul, 12,3 dyuymli raqamli panel va multimedia, ko‘p rangli ichki yoritish va isitiladigan old o‘rindiqlar. Ugleplastik interyer va sportbop AMG o‘rindiqlari esa ixtiyoriy paketlar orqali qo‘shiladi.

Texnik jihatdan GT 50 3,0 litrli 6 silindrli turbo dvigatelga ega bo‘lib, 367 ot kuchi va 500 Nm moment beradi. 48 voltli yumshoq gibrid tizim bilan jihozlangan avtomobil 100 km/soat tezlikka atigi 5 soniyada chiqadi. Uzatmalar qutisi sifatida 9 pog‘onali AMG Speedshift TCT avtomatik tizimi qo‘llanilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercedes-Benz EQS elektromobilida rul o‘rnini shturval egallashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek