Yangiliklar

Microsoft olti ming xodimni ishdan bo‘shatmoqda

Shtatining 3 foizidan kamroq qismini
Microsoft 6 ming xodimni ishdan bo‘shatmoqda / Foto: Fintech-retail

Microsoft kompaniyasi xarajatlarni qisqartirish maqsadida olti mingga yaqin xodimni ishdan bo‘shatmoqda. Bu haqda Reuters nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu kompaniya shtatining 3 foizidan kamroq qismini tashkil etadi. Qisqartirishlar barcha darajalar va mintaqalarni qamrab oladi.

Texnogigant sun’iy intellekt sohasiga katta sarmoya kiritmoqda – joriy yilda bu yo‘nalishga $80 mlrd ajratilishi rejalashtirilgan. Kompaniya vakiliga ko‘ra, bu qaror tez o‘zgarayotgan texnologik bozor talablariga moslashish uchun zarur.

Tahlilchilarning fikricha, Microsoft sarmoyalar fonida foyda marjasiga bosimni kamaytirishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft Xbox narxini oshirgan edi.