O‘zbekistonda konditsionerlar sotib olish va o‘rnatish qancha turadi

15-may 2025 13:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
O‘zbekistondagi sotib olishga arziydigan konditsionerlar / Foto: Famcocorp

O‘zbekiston bozorida yoz oylarining jazirama issig‘idan qochish istagida bo‘lganlar uchun konditsionerlar eng talabgir maishiy texnika vositalaridan biri hisoblanadi. Har bir foydalanuvchi o‘zining ehtiyojiga qarab, energiya tejamkor, samarador va uzoq muddat xizmat qiladigan model tanlashni xohlaydi. Quyida sotib olishga qulay bo‘lgan konditsionerlar, ularning texnik ko‘rsatkichlari va foydalanuvchilar orasidagi mashhurligi tahlil qilinadi.

LG D09TT2

Foto: LG

LG kompaniyasining D09TT2 modeli O‘zbekiston bozorida yuqori ishonchliligi bilan ajralib turadi. 9000 BTU sovutish quvvatiga ega bu qurilma kichik va o‘rtacha xonalar uchun ideal. Uning eng katta afzalligi — invertor texnologiyasi, bu esa energiya sarfini kamaytirish va barqaror haroratni saqlab turishni ta’minlaydi.

Ko‘rsatkichQiymat
Quvvat (sovitish)2640 Vt
Quvvat (isitish)2700 Vt
Maydon27 m²
Narxi6,4 mln so‘m (Asaxiy savdo platformasida)
8,2 mln so‘m (Texnomart magazinlarida)

Hisense AS-12HR4SVDTD

Foto: Texnomart

Budjetli konditsioner izlayotganlar uchun Hisense modeli yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Bu modelda invertor mavjud emas, biroq u 36 m²gacha bo‘lgan xonalarni samarali sovita oladi.

Ko‘rsatkichQiymat
Quvvat (sovitish)3600 Vt
Quvvat (isitish)3700 Vt
Maydon36 m²
Narxi4,7 mln so‘m (Texnomart do‘konlarida)
4,7 mln so‘m (Uzum market onlayn savdo platformalarida)
4 mln so‘m (Yandex market onlayn platformasida)

Samsung AR09TXHQASINUA

Foto: Mediapark

Samsung’ning bu modeli invertor tizimiga ega bo‘lib, haroratni aniq nazorat qilish imkonini beradi. Bu model, ayniqsa, isitish rejimida yuqori samaradorlik ko‘rsatadi va sovuq mavsumlar uchun ham qulay variant hisoblanadi.

Ko‘rsatkichQiymat
Quvvat (sovitish)2600 Vt
Quvvat (isitish)2931 Vt
Maydon25 m²
Narxi6,1 mln so‘m (Texnomart magazinlarida)
5,95 mln so‘m (BeeMarket)

Artel 12HS S

Foto: Idea

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar orasida Artel brendi o‘ziga xos o‘rin egallagan. 12000 BTU quvvatga ega ushbu model invertor texnologiyasiga ega bo‘lib, 28 m²gacha bo‘lgan xonalarni tezda sovita oladi. U mahalliy iqlimga yaxshi moslashgan.

Ko‘rsatkichQiymat
Quvvat (sovitish)3500 Vt
Quvvat (isitish)3800 Vt
Maydon28 m²
Narxi6 mln so‘m (Idea onlayn platformasida)
6,1 mln so‘m (Texnomart magazinlarida)

Premier PRMZN-12DNA5F

Foto: Idea

Zomin zavodida ishlab chiqarilgan Premier modeli O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qo‘llab-quvvatlash istagida bo‘lganlar uchun ideal. Uning invertorli tizimi va katta maydonni sovitish imkoniyati bilan u bozorda yetakchi o‘ringa chiqmoqda.

Ko‘rsatkichQiymat
Quvvat (sovitish)3500 Vt
Quvvat (isitish)3800 Vt
Maydon31–40 m²
Narxi7,1 mln so‘m (Texnomart magazinlarida)
9,2 mln so‘m (Radius onlayn magazini)
6,7 mln so‘m (BeeMarket)

Bugungi kunda O‘zbekistonda konditsioner tanlashda asosiy mezonlar — invertor texnologiyasi mavjudligi, quvvat, maydon va narx. LG va Samsung modellari yuqori texnologiyalarni afzal ko‘ruvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, Artel va Premier singari mahalliy brendlar ham raqobatbardosh bo‘lib bormoqda. Hisense esa arzonroq variantlarni izlayotganlar uchun mos bo‘ladi.

Konditsionerni o‘rnatish

Konditsioner o‘rnatish nafaqat qurilmani devorga osish degani emas, balki butun mikroiqlim tizimini to‘g‘ri tashkil etish demakdir. Sifatli o‘rnatish, to‘g‘ri joylashuv va model tanlovi orqali siz uyingizni qulay va energiya tejamkor joyga aylantirishingiz mumkin. Konditsioner o‘rnatish narxlari Toshkent shahrida 262 ming so‘mdan 400 ming so‘mgachani tashkil qiladi. Bu narxlar siz yashayotgan hudud yoki qurilmaning hajmiga qarab farq qilishi mumkin. Narxlar Ustabor.uz platformasidan olindi.

Biroq qo‘shimcha ishlar — masalan, tashqi blok bilan ichki blok orasidagi masofa uzoq bo‘lgani bois mis quvurni uzaytirish — zarur bo‘lsa, umumiy o‘rnatish qiymati oshishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, konditsioner kvartiraning chuqur qismiga o‘rnatilayotganda dolzarb bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yil may oyida chegirma e’lon qilingan avtomobillar haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek