Samarqandda to‘g‘ilgan Rustem Umerov Istanbulda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qiladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Istanbulda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga mudofaa vaziri Rustem Umerov rahbarlik qilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha bergan bayonotida aytib o‘tdi.
Zelenskiy Ukraina delegatsiyasini muzokaralarga yuborish qarori AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga bo‘lgan hurmat, shuningdek, mojaro kuchayishini oldini olish va uni yumshatishga qaratilgan dastlabki qadamlarni qo‘yish istagi bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Muzokaralarning asosiy mavzusi o‘t ochishni to‘xtatish ehtimolini muhokama qilish bo‘ladi.
Prezident shuningdek, agar Rossiya tomonidan urushni tugatish yo‘lida amaliy qadamlar bo‘lmasa, Ukraina Moskva ustidan yanada qat’iyroq sanksiyalar joriy etishni talab qilishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Rustem Umerov 1982-yil 19-aprelda O‘zbekiston SSR (hozirgi O‘zbekiston)ning Samarqand shahrida tug‘ilgan. Uning oilasi Stalinning repressiya yillarida u yerga deportatsiya qilingan bo‘lib, Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng Qrimga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy O‘zbekistonda tug‘ilgan siyosatchini Turkiyaga elchi qilgan edi