«O‘zsanoatqurilishbank» Londonda $25 mlnlik yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bitim imzoladi

eʼlon qilindi
35 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar uchun
«O‘zsanoatqurilishbank» Londonda $25 mlnlik yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bitim imzoladi / Foto: «Dunyo» AA

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB vakillari London shahrida o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning 34-yillik yig‘ilishi va xalqaro biznes-forumida ishtirok etdi va yirik bitim imzoladi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Tadbir doirasida bank YTTB bilan «Yoshlar biznesda» dasturini amalga oshirish bo‘yicha $25 mlnlik kelishuvga erishdi. Ushbu mablag‘ 35 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlarning startaplari va kichik bizneslarini milliy valyutada moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, bank mijozlari YTTBning «Kichik biznesga maslahat» dasturi orqali strategik rejalashtirish bo‘yicha texnik yordam olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston yoshlari tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash va iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilishga ishonch bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yoshlar biznesi va bandligi uchun $200 mln qanday taqsimlanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek