Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi

Qozog‘iston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyatida ChatGPT’dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining o‘rinbosari Qanish Tuleushin ma’lum qildi, deya yozadi Tengrinews.
Unga ko‘ra, taqiq ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan.
Davlat xizmatchilariga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti asosida yaratilgan mahalliy sun’iy intellekt tizimi taklif qilinmoqda. Tuleushin til modelasi yopiq tarmoqda, mahalliy serverlarda joylashganini ta’kidladi.
Shuningdek, ChatGPT o‘rnatilgan telefonlarni olib qo‘yish rejalashtirilmayotgani bildirildi. Ayni paytda ChatGPT dunyoda eng mashhur ilovalardan biriga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq eng samarali sun’iy intellektlar va ulardan foydalanish usullari haqida batafsil yozgan edik.