
Realme 2025-yil 27-may kuni Parijda Realme GT 7 seriyasining global taqdimotini o‘tkazishini rasman e’lon qildi. Bu haqda IXBT ma’lum qildi.
Kompaniya yangi flagman liniyasini kuchli ishlash, yuqori avtonomlik va innovatsion sovitish texnologiyalari bilan bozorning yuqori qatlamiga olib chiqmoqchi.
Realme GT 7 Pro – AnTuTu testida 2,25 milliondan ortiq ball to‘plagan birinchi smartfon bo‘ladi. Bu natija MediaTek Dimensity 9400e chipining kuchi bilan erishiladi. Smartfon, shuningdek, 360° sovutish tizimini ta’minlovchi yangi IceSense Graphene texnologiyasi bilan jihozlanadi. bu texnologiya grafit plyonkalariga nisbatan 10 barobar yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligiga ega.
Bundan tashqari, Skin-Touch Temperature Control funksiyasi atrof-muhit haroratiga moslashib, qurilma sirtining doimiy qulayligini ta’minlaydi. Dizayn jihatidan smartfon metall ramka, maxsus qoplama va tor ekran ramkalari bilan klassik premium ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Smartfon 7000 mA•soat sig‘imli akkumulyator va 120 Vt tez zaryadlash imkoniyati bilan taqdim etiladi. Realme ushbu kombinatsiyani yangi avtonomlik standarti sifatida ko‘rsatmoqda. GT Boost texnologiyasi esa energiya sarfini minimal darajada ushlab, samaradorlikni oshiradi.
Dimensity 9400e chipi 20 ta mashhur mobil o‘yinda 120 fps (kadr/soniya) rejimini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda, bu esa mobil geymerlar uchun jiddiy ustunlik hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Realme GT smartfonining prototipi taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.