
Rossiyalik mashhur videobloger va tadbirkor Guseyn Gasanovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
U jinoyat yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha ayblanmoqda. Mazkur ayblov bilan Gasanov 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va 1 million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Hozirda Moskva sudining qarori bilan Gasanov xalqaro qidiruvga berilgan. Federal kengash a’zosi Yelena Mizulina ma’lumotiga ko‘ra, bloger ayni paytda qochqinlikda va Rossiya hududidan tashqarida istiqomat qilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilingani haqida yozgandi.