
Raqobat qo‘mitasining aralashuvi bilan UPay to‘lov tizimining Humo milliy to‘lov tizimiga to‘liq integratsiyasi ta’minlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mitaga UPay to‘lov tizimini boshqaruvchi «Maroqand» AJ tomonidan «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (MBPM) bilan integratsiyaga amaliy yordam so‘ralgan murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaat asosida holat belgilangan tartibda o‘rganilib, MBPMga rasmiy so‘rov yuborildi va natijada UPay tizimining Humo tizimiga ulanishi ijobiy hal qilindi.
Hozirda UPay orqali Humo tizimida to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish to‘liq tiklangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Humans’ga tegishli «Maroqand» to‘lov tashkiloti faoliyati tiklangani haqida yozgandi.