Xiaomi SU7 Ultra mojarosi: o‘zi nimalar bo‘lmoqda

15-may 2025 15:47 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Xiaomi SU7 Ultra
Xiaomi SU7 Ultra mojarosi: o‘zi nimalar bo‘lmoqda / Foto: Xiaomi

Xiaomi SU7 Ultra karbon kapoti samaradorligi yuzasidan da’volar asossiz deb topildi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Pekin iqtisodiy-texnologik hududi tartibga soluvchi organlari havo oqimli dizayn ustidagi yolg‘on reklama bo‘yicha iste’molchilar da’volarini rad etdi va ularni sud orqali yechim topishga chaqirdi.

Mojaroga sabab 42 ming yuanlik (taxminan $5,8 ming) karbon tolali kapot bo‘ldi. Kompaniya kapotni aerodinamik va sovitish foydasiga ega sifatida taqdim etgan. Ammo yetkazilgan modellarda havo kanallari amalda ishlamagani aniqlanib, mustaqil sharhlovchilar buni isbotlovchi videolar e’lon qildi.

Foto: CarNewsChina

Xiaomi kompaniyasi bu borada «tavsif yetarlicha aniq bo‘lmaganini» tan olib, uzr so‘radi. Yetkazib berilgan mashinalar egalari uchun atigi 2 ming yuanlik sodiqlik ballari taklif qilindi, ammo xaridorlar pulni to‘liq qaytarish yoki buyurtmalarni bekor qilishni talab etmoqda. Ular 400 kishilik da’vogarlar guruhi tuzib, advokat yolladi va jamoaviy sud arizasini tayyorlamoqda.

Xitoydagi ayrim yuridik ekspertlar kompaniyaning reklama bayonotlari iste’molchilar huquqlari va insofsiz raqobat qonunchiligini buzgan bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda. Bu esa Xiaomi’ga katta jarima va uch barobar tovon to‘loviga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi SU7 Ultra elektromobili nima uchun janjallarga sabab bo‘layotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek