Xiaomi arzon TV F Pro 2026 televizorlari Yevropada taqdim etildi

15-may 2025 14:53 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Xiaomi TV F Pro
Xiaomi TV F Pro 2026 Yevropada taqdim etildi / Foto: Xiaomi

Xiaomi o‘zining arzon yangi avlod Xiaomi TV F Pro 2026 televizorlarini Yevropaning Gollandiya, Ispaniya va Fransiya kabi bozorlarda taqdim etdi.

Yangilangan model qatori 32 dan 75 dyuymgacha bo‘lgan oltita o‘lchamda taqdim etilib, 4K QLED displey, HDR10+ va Fire TV integratsiyasi bilan ajralib turadi.

Model qatorida 94% DCI-P3 rangli gamut, Filmmaker rejimi, MEMC harakatni tekislash texnologiyasi va Game Boost rejimi mavjud bo‘lib, bu HDMI orqali 120 Gts gacha yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. 4K panel 60 Gts asosiy chastotada ishlaydi (3840 x 2160).

Smart funksiyalar ichida Netflix, Prime Video, Disney+ kabi ilovalarga tezkor kirish, Alexa yordamida ovozli boshqaruv va aqlli uy texnikasini televizordan nazorat qilish imkoniyati mavjud. Apple AirPlay, Miracast, past ko‘k yorug‘lik rejimi va DTS Virtual:X bilan tovushni kuchaytiruvchi tizimlar ham qo‘shilgan.

Hozirda dastlabki chegirmali narxlar quyidagicha:

  • 43 dyuym – 299 yevro (asl narx: 379 yevro)
  • 50 dyuym – 399 yevro (asl narx: 469 yevro)
  • 55 dyuym – 449 yevro (asl narx: 569 yevro)
  • 65 dyuym – 599 yevro (asl narx: 769 yevro)
  • 75 dyuym – 799 yevro (asl narx: 999 yevro)

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi atigi 5 dollar turadigan sichqoncha taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek