Yangiliklar

Yanvar – aprel oylarida 8445 ta mast holda transport vositasini boshqarish holati aniqlangan

YTH
Bu haqda YHXB ma’lum qildi
haydovchi
Rasm Chatgpt yordamida yaratilgan

Joriy yilning 2025-yilning yanvar – aprel oylarida mast holda transport vositalarini boshqarish bilan bog‘liq 8445 ta holat qayd etilgan. Bu haqda YHXB matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

«YHXX tomonidan 8445 ta holat aniqlanib, ayni paytda 7582 tasiga sud hukmi o‘qilgan», – deydi Zoyir Yo‘ldoshev.

Unga ko‘ra, sud tomonidan 7582 nafar haydovchiga nisbatan allaqachon qarorlar chiqarilgan: ularning har biriga 15 million so‘mdan (eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida) jarima solingan va uch yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida noodatiy – konditsionerli Damas tasvirlari tarqalgani haqida yozgan edi.