Madaniyat

Yulduz Usmonova va Ozoda Nursaidova duet kuylaydimi: xonandalarning o‘zlari izoh berdi

Yulduz Usmonova va Ozoda Nursaidova duet kuylaydimi: xonandalarning o‘zlari izoh berdi / Kollaj: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va Ozoda Nursaidova duet kuylaydimi? Bu savolga xonandalarning o‘zlari Milliy TV jurnalistiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Jurnalist Ozoda Nursaidovaga ikki xonanda ijrosidagi dueti qanday bo‘ladi, duet ijro etilishi mumkinmi qabilidagi savol bergan.

«Nasib endi, yaxshi niyat qilsak bo‘lib qolar… Hamma narsa bo‘lishi mumkin, do‘st degan odamingiz dushman bo‘lib chiqadi, dushman degan odamingiz do‘st bo‘lib chiqadi», – deya javob bergan xonanda.

Yulduz Usmonova Ozoda Nursaidovaning klipida transport hodisasi orqali nogiron bo‘lib qolgan, keyinchalik tarmoqda shov-shuv ko‘targan Sabrina Jabborova atrofidagi vaziyatga fikr bildirib suhbat yakunida:

«Men hech qachon birovga xursand ham bo‘lmaganman, xafa ham bo‘lmaganman. Qand yeb, asal yeb mendan uzoq yursa bo‘ldi», – deya qayd etgan.

Yulduz Usmonova va Ozoda Nursaidova duet qiladimi? Show Biz News
Video: Milliy TV You Tube sahifasi

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Uzuklar hukmdori» asosidagi yangi film 17-dekabrda namoyish qilinishi haqida yozgan edi.