21 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi

2025-yil yanvar – aprel oylarida 21 mlrd so‘mlik 18 ta davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.
Ushbu xaridlar «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunga zid tarzda tashkil etilgan bo‘lib, ayrim hollarda affillangan shaxslar ishtirokida yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, quyidagi tashkilotlar xarid jarayonida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan:
- Toshkent viloyatidagi biznes markazlarini qurish direksiyasi — 2,2 mlrd so‘m;
- «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ — 313 mln so‘m;
- Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi — 300 mln so‘m;
- Dehqonobod tumani hokimligi — 189 mln so‘m;
- Ellikqal’a tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi — 95 mln so‘m;
- Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi — 56 mln so‘m.
Shuningdek, quyidagi yirik xaridlarda ham qonunbuzilishlar aniqlangan:
- «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ — 10,8 mlrd so‘m;
- Nurafshon tibbiyot birlashmasi — 1,9 mlrd so‘m;
- G‘uzor va Dehqonobod obodonlashtirish boshqarmalari — jami 3 mlrd so‘m;
- S.H. Sirojiddinov nomidagi litsey — 573 mln so‘m;
- Termiz sport markazi — 572 mln so‘m;
- Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari boshqarmasi — 520 mln so‘m;
- Sirdaryo viloyati inspeksiyasi — 83 mln so‘m;
- Yangiobod tibbiyot birlashmasi — 45 mln so‘m;
- Mo‘ynoq tumani hokimligi — 40 mln so‘m.
Ushbu xaridlar bo‘yicha xarid komissiyalarining bayonnomalari bekor qilindi. To‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Raqobat qo‘mitasi tomonidan shu yilning mart oyida hududlar kesimida davlat xaridlarida jami 5,6 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularning oldi olingani haqida yozgan edi.