BAA prezidenti Donald Trampni «Zayd ordeni» bilan taqdirladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) rasmiy tashrifi chog‘ida mamlakatning eng yuksak fuqarolik mukofoti – «Zayd ordeni» bilan taqdirlandi. Bu haqda Fox News ma’lum qildi.
Ushbu orden BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton Al Nahayon nomi bilan ataladi va xalqaro hamkorlik, insonparvarlik va tinchlikni targ‘ib qilgan davlat rahbarlariga beriladi .
Taqdirlash marosimi Abu-Dabidagi Qasr al-Vatan saroyida bo‘lib o‘tdi. BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zayd Al Nahayon Trampning ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlarini e’tirof etib, unga ushbu ordenni topshirdi.
Tashrif davomida Tramp Shayx Zayd Katta Masjidiga tashrif buyurdi. Bu tarixiy voqea munosabati bilan masjid ilk bor omma uchun yopildi. Shuningdek, Burj Xalifa binosi AQSh bayrog‘i ranglarida yoritilib, Trampga hurmat bajo keltirildi.
Ma’lumot uchun, ushbu tashrif Trampning 2008-yildan beri BAAga tashrif buyurgan birinchi amaldagi AQSh prezidenti bo‘lishi bilan tarixiy ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, yil boshida Tramp «Yil odami» mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.