Dollar qariyb 50 so‘mga pasaydi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 16-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 917,10 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 48,24 so‘mga tushdi.
Dollar kursi bu haftani yuqorilash bilan boshladi: 15-may kuni 12 965,34 so‘mni, 14-may kuni dollar kursi 12 980,16 so‘mni, 13-may kuni 12 935,27 so‘mni, 12-may kuni esa 12 895,55 so‘mni tashkil etgandi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 64,38 soʻmga tushib, 14 460,69 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,20 soʻmga pastlab, 160,14 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 16-may kuni bir AQSh dollarini 12 855 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 965 – 13 030 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.