Galaxy S25 Edge kamerasi Galaxy S25 Ultra’dan ustun chiqdi

16-may 2025 17:55 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Galaxy S25 Edge
Galaxy S25 Edge kamerasi Galaxy S25 Ultra’dan ustun chiqdi / Foto: Samsung

Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasi to‘rtta sensor bilan taqdim etilgan bo‘lsa-da, Ice Universe insayderi tomonidan o‘tkazilgan sinov natijalari Galaxy S25 Edge modelining fotografiya borasidagi ustunligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, 4 karra zum rejimida S25 Edge ancha aniq va tafsilotlarga boy suratlar yaratgan.

Foto: Ice Universe

S25 Edge atigi bitta 200 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan bo‘lsa-da, optimallashtirilgan algoritmlar va hisoblash fotografiyasining kuchli ishlanmasi tufayli u murakkabroq konfiguratsiyaga ega Ultra modelini ortda qoldirdi. Teleobyektivsiz qurilmaning bunday natijaga erishgani kuzatuvchilarni hayratga soldi.

«Bu S25 Edge’da olinganiga ishonasizmi? Teleobyektivsiz, lekin Ultra’dan yaxshiroq suratga olmoqda«, – deya izoh berdi Ice Universe.

Foto: Ice Universe

Galaxy S25 Edge’ning bu ustunligi apparat emas, aynan dasturiy ta’minotdagi optimallashtirishlar, algoritmlarning moslashuvchanligi va Samsung’ning ushbu modelga qaratilgan alohida yondashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hozircha boshqa S25 modellarida ham shunday yaxshilanishlar mavjudligi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yuqori kamerali ultra yupqa Samsung Galaxy S25 Edge smartfoni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek