
Honor kompaniyasi 2025-yil 16-may kuni Honor 400 seriyasi rasmiy taqdimot sanasini e’lon qildi. Yangi smartfonlar 28-may kuni taqdim etiladi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Honor 400 seriyasi ikki modelda taqdim etiladi:
- Honor 400: Snapdragon 7 Gen 4 protsessori bilan jihozlangan.
- Honor 400 Pro: Snapdragon 8 Gen 3 protsessorining to‘liq quvvatli versiyasi va Honor’ning o‘ziga xos Phantom Engine texnologiyasi bilan taqdim etiladi.
Yangi smartfonlar metall ramka va mat yuzali dizaynga ega bo‘lib, barmoq izlari va yog‘li dog‘larga chidamli. Shuningdek, «AI 2 milliard piksel portret» funksiyasi bilan jihozlangan.
Taqdimotda, shuningdek, Honor Pad 10 plansheti, Honor Watch FIT soati va Honor Earbuds X9 quloqchinlari ham namoyish etilishi kutilmoqda.
Avvalroq Honor Honor Magic V5 haqida ilk texnik tafsilotlarni oshkor qilgani haqida yozgan edik.