Husanov «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisiga nomzod bo‘la olmadi

16-may 2025 14:40 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Husanov «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisiga nomzod bo‘la olmadi / Foto: Mancity.com

«Manchester Siti» klubining o‘yinchisi Abduqodir Husanov klubning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi uchun nomzod bo‘la olmadi. Klub saytida eng ko‘p ovoz to‘plagan uch futbolchi haqida ma’lumot berildi.

«Shaharliklar» klubining eng yaxshi o‘yinchilari kim?

Erling Xoland

Foto: The Independent

Angliya kubogi finali oldidan 41 o‘yindan 30 ta gol urgan Norvegiyaning 9-raqamli futbolchisi uchinchi mavsumda 30 dan ortiq gol urgan. Xoland klubdagi birinchi yilida Etihad mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Josko Gvardiol

Foto: Skysports

Bosh murabbiy Pep Gvardiola tomonidan mavsumdagi eng barqaror o‘yinchilardan biri sifatida tan olingan Gvardiol 2024/25 yilgi mavsumni juda kuchli yakunladi.

U, asosan, chap qanot himoyasida boshlagan bo‘lsa-da, so‘nggi paytlarda himoya markaziga muammosiz o‘tib, ajoyib o‘yin namoyish etmoqda.

Kevin De Bryuyne

Foto: Tranfermarkt

Etihadning to‘rt marta eng yaxshi o‘yinchisi sifatida topilgan ushbu futbolchi klubning sardori ham hisoblanadi. Bryuyne asli belgilaylik.

G‘olib 24-may kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Husanov nega maydonga tushirilmayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek