Husanov va «Manchester Siti» O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochadimi

16-may 2025 15:04 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Husanov va «Manchester Siti» O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochish mumkin / Foto: Manchester Siti

Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» homiyligida O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etish mumkin. Bu haqda futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev Kun.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Futbolchimiz va klub o‘rtasida Toshkentda maxsus futbol maktabini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar ijobiy hal bo‘lgan. Moliyalashtirishning yarmini Husanov, qolganini «shaharliklar» klubi o‘z zimmasiga oladi», – dedi sharhlovchi.

Bu ma’lumotni aniqlashtirish maqsadida Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti»ga so‘rov yubordi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov «Manchester Siti»ning eng yaxshi o‘yinchisiga nomzod bo‘la olmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek