
1993-yilda debyut qilingan modelning vorisi bo‘lgan 2026-yilgi Jeep Grand Cherokee Amerika bozoriga chiqarildi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.
Yangi versiya premium SUV segmentidagi o‘rnini mustahkamlaydigan yangilanishlar bilan taqdim qilinmoqda. 2026-yilgi Grand Cherokee’ning ichki qismi sezilarli o‘zgarishlar bilan ta’minlangan. Unda iqlim nazorati osonlashtirilgan.
Tashqi ko‘rinish ham bir qator yangilanishlarni olgan. Radiator panjarasi va yoritish elementlari yangi dizaynga ega bo‘lib, modelga individuallik kiritgan.
2025-yilda narx pasayganidan so‘ng, ishlab chiqaruvchi faqat narxni biroz oshirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jeep o‘zining ixcham SUV segmentidagi yetakchi modeli – Jeep Compass’ni tubdan yangilagani haqida yozgan edi.