Kursiv Uzbekistan mamlakat bo‘yicha eng ko‘p iqtibos keltirilgan ommaviy axborot vositalari orasida birinchi beshtalikka kirdi

eʼlon qilindi
2025-yil mart oyi yakunlariga ko‘ra, Kursiv Uzbekistan 9071 indeks bilan beshinchi o‘rinni egalladi
Kursiv Uzbekistan
Foto: Brand Analytics

Kursiv Uzbekistan iqtisodiy nashri Brand Analytics versiyasiga ko‘ra, eng ko‘p iqtibos keltirilgan beshta nashr ro‘yxatiga kirdi. Ushbu ma’lumotlar O‘zbekistonda ijtimoiy media tahliliga bag‘ishlangan ilk sohaviy konferensiya – Brand Analytics Conference Uzbekistan 2025 doirasida e’lon qilindi.

2025-yil mart oyi yakunlariga ko‘ra, Kursiv Uzbekistan 9071 indeks bilan beshinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy tarmoqlarida 2025-yil mart oyida «Kursiv» materiallariga aynan shuncha havola qayd etilgan.

Brand Analytics strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Vasiliy Cherniyning ta’kidlashicha, ushbu reyting xolisona bo‘lib, uni tekshirish mumkin va bunday yuqori ko‘rsatkich nashrning ommaviyligi tasdig‘idir.

Brand Analytics Conference Uzbekistan 2025 O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyoda biznes manfaatlari yo‘lida ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilishning barcha jihatiga bag‘ishlandi. Forum doirasida Markaziy Osiyo kompaniyalarining eng yaxshi amaliyotlari, media maydon va foydalanuvchilar fikrlarini tahlil qilish uchun zamonaviy sun’iy intellekt yechimlari, shuningdek, mamlakat ijtimoiy tarmoqlari haqidagi maqolalar turkumining davomi sifatida O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarning so‘nggi tadqiqotlari taqdim etildi. Kursiv Uzbekistan mazkur forumning axborot hamkori sifatida ishtirok etdi.

Brand Analytics – Rossiyaning innovatsion IT kompaniyasi bo‘lib, Rossiya va MDH bozorlarida ijtimoiy media hamda OAVni monitoring qilish va tahlil etish bo‘yicha yetakchi tizim – Brand Analytics platformasining ishlab chiquvchisidir.

Shuningdek