
Leapmotor kompaniyasi 2025-yil 15-may kuni Xitoy bozorida C10 SUV modelining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Carnewschina nashri xabar bermoqda.
800V platformaga ega elektromobilning boshlang‘ich narxi 122 800 yuanni (taxminan $17 ming) tashkil qiladi. Modelning elektr (BEV) versiyasi 74,9 kWh LFP batareyaga ega bo‘lib, 605 km gacha zaryad bilan harakatlana oladi.


Model 30% dan 80% gacha bo‘lgan zaryadni atigi 16 daqiqada to‘ldirish mumkin. Gibrid (EREV) versiyasi esa 28,4 kWh batareya va 1,5 litrli dvigatel yordamida umumiy 1 020 km masofa bosadi.
Yangi C10 zamonaviy dizayn, katta ekranli interyer va Snapdragon 8295 chipi bilan jihozlangan.

Sotuvlar 2025-yil 20-maydan boshlanishi rejalashtirilgan. Modelning narxi $17 mingdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xitoyning yangi energiya avtomobili (NEV) startaplari 2025-yil aprel oyidagi yetkazib berish natijalarini e’lon qilgani haqida yozgan edi.