Oltita hududdagi avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom beriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi avtovokzal va avtostansiyalar nomlarini davlat tili qoidalari va me’yorlariga muvofiqlashtirish maqsadida yangi nomlar berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Taklif etilayotgan yangi nomlar quyidagi avtovokzal va avtostansiyalarda bo‘lishi kutilmoqda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
- «Nukus Orqa-Batis» avtovokzali — «Shimoliy Nukus» (Nukus shahri shimolida joylashganligi sababli);
- «Mega Avto Star» avtovokzali — «Jiydali-Boysun» (Jiydali Nukus mavzesida joylashganligi sababli).
Andijon viloyati:
- «G’avs» avtostansiyasi — «Andijon» (shahar markazida joylashganligi sababli);
- «Mustaqillik» avtostansiyasi — «Shahrixon» (Shahrixon tumani markazida joylashganligi sababli).
Qashqadaryo viloyati:
- «Мuborak» avtostansiyasi — «Geolog» (Geolog mavzesida joylashganligi sababli).
Navoiy viloyati:
- «Kаrmana» avtovokzali — «Navoiy» (Navoiy shahri yaqinida joylashganligi sababli);
- «Navoiy» avtostansiyasi — «Malika» (Malika mavzesida joylashganligi sababli);
- «Navoiy» avtostansiyasi — «Sharq» (shahar sharqida joylashganligi sababli);
- «Хаtirchi» avtostansiyasi — «Chinor» (Chinor mavzesida joylashganligi sababli).
Sirdaryo viloyati:
- «Мustang» avtostansiyasi — «Guliston» (shahar markazida joylashganligi sababli).
Surxondaryo viloyati:
- «Тermiz» avtostansiyasi — «Shimoliy Termiz» (shahar shimolida joylashganligi sababli);
- «Denov» avtostansiyasi — «Chag‘aniyon» (Chag‘aniyon mavzesida joylashganligi sababli).
Transport vazirligi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish jarayonida mahalliy aholining fikrini inobatga oladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Olmazor tumanidagi ko‘chalarga nom berish bo‘yicha ovoz berish boshlangani haqida yozgandi.