
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQShning Yuta shtati Senati a’zolari hamda biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ta’lim, texnologiyalar, biznesni rivojlantirish, xususan, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar «Silicon Slopes» texnologiyalar hududi va Yuta shtati universitetlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston eksportchilari va Solt-Leyk-Siti shahridagi Jahon savdo markazi o‘rtasida hamkorlikni boshlash taklif qilindi.
Saida Mirziyoyeva bu uchrashuvni ikki davlat o‘rtasida mustahkam va o‘zaro manfaatli sheriklikning boshlanishi deb baholadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqi vakili bilan ayollar tadbirkorligini muhokama qilgan edi.