
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda savdo, investitsiyalar, sog‘liqni saqlash, energetika, ta’lim, raqamlashtirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda ikki davlatdan 200 ga yaqin ishbilarmonlar ishtirok etdi. Tovar ayirboshlash hajmini qisqa muddatda $5 mlrd yetkazish rejalashtirildi.
Yig‘ilish yakunida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi va boshqa qator hujjatlar imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmari bergan edi.